O'quv markazlari uchun yagona tizim

O'quv markazingizni bitta tizimda boshqaring

O'quvchilar, guruhlar, davomat, to'lovlar va qarzdorlik — hammasi bir joyda. Ota-onalarga Telegram orqali avtomatik xabar, o'qituvchilarga oylik hisobi, sizga esa aniq raqamlar.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Telefon va kompyuterda ishlaydi
  • Bir nechta filial
edu.cloudo.uz
Cloudo EDU boshqaruv paneli: faol o'quvchilar, tushum, qarz va davomat
+24%tushum o'sishi
Telegramota-onaga xabar ketdi
88%davomat
DavomatDars jadvaliBaholarTo'lovlarQarzdorlarLidlar (CRM)ImtihonlarSertifikatlarGamifikatsiyaO'qituvchilar maoshiKassa va xarajatlarHisobotlarFiliallarTelegram botO'qituvchilar davomati
Imkoniyatlar

Markaz uchun kerak bo'lgan hamma narsa

Excel jadvallar, daftarlar va o'nlab chatlar o'rniga — bitta qulay tizim.

O'quvchilar bazasi

Faol, muzlatilgan, ketgan va bitirgan o'quvchilar alohida. Kim qachon va nega ketgani tarixda saqlanadi.

Guruhlar va jadval

Dars kunlari, vaqti, xona va o'qituvchi. Bir xona yoki o'qituvchi ikki joyda band bo'lsa — tizim ogohlantiradi.

Davomat va uyga vazifa

Bir bosishda "hammasi keldi". Darsga kelmaganlar va uyga vazifa haqida ota-onaga Telegram orqali darhol xabar.

Dars jadvali

Xonalar va soatlar kesimida butun hafta bir qarashda. Bo'sh katakni bosing — o'sha xona va vaqtga yangi guruh ochiladi.

Darsda baholash

Har darsda o'quvchiga 1–5 baho. O'rtacha baho guruh hisobotida, o'quvchi kabinetida va ota-onaga beriladigan hisobotda.

To'lovlar

Naqd, karta, Click, Payme. Oylik hisob darslar soniga qarab avtomatik chiqadi, chegirma va shaxsiy narxlar bilan.

Qarzdorlar nazorati

Kim qancha qarz ekanini bir ro'yxatda ko'rasiz. Qo'ng'iroq, va'da qilingan sana va eslatmalar tarixi.

Lidlar (CRM)

Yangi murojaatlar, sinov darsi, manbalar (Instagram, Telegram, tavsiya). Saytga qo'yiladigan tayyor ariza havolasi.

O'qituvchilar maoshi

Qat'iy oylik, to'lovdan foiz yoki dars uchun stavka — aralash sxema. Bonus, jarima va avanslar bilan.

O'qituvchilar davomati

Kim qaysi kuni kelishi kerak edi — jadvaldan o'zi chiqadi. Keldi/kelmadi belgilang, kelmagan kun uchun bir tugma bilan jarima.

Imtihonlar va sertifikatlar

Ballik test, bo'limli test va IELTS mock. Natijalarni e'lon qiling va chiroyli sertifikat chiqaring.

Gamifikatsiya

Davomat, o'z vaqtida to'lov va imtihon uchun ball, daraja va nishonlar. Ballni sovg'aga almashtiradigan do'kon.

Hisobotlar

Tushum, o'quvchilar harakati, davomat, o'qituvchilar samaradorligi va foyda/zarar — oylar kesimida.

O'quvchi hisoboti

Bitta o'quvchi haqida hammasi bir sahifada: to'lovlar, davomat, baholar, imtihonlar. Chop eting yoki Excelga yuklab oling.

Kassa va xarajatlar

Har bir filialning kassalari, xarajat turlari, kassalar orasidagi o'tkazmalar va aniq qoldiq.

Filiallar va huquqlar

Bir nechta filial bitta hisobda. Menejer faqat o'z filialini, o'qituvchi faqat o'z guruhlarini ko'radi.

Davomat

Davomat — bir daqiqada

O'qituvchi darsda telefondan belgilaydi, qolganini tizim o'zi qiladi.

  • "Hammasi keldi" tugmasi — faqat kelmaganlarni belgilaysiz
  • Shu yerning o'zida har bir o'quvchiga 1–5 baho
  • Kelmagan o'quvchining ota-onasiga Telegram xabar
  • Dars mavzusi, uyga vazifa va kurs rejasi bo'yicha qayerdaligingiz
  • Almashtiruvchi o'qituvchi — maosh unga yoziladi
Guruh davomatini belgilash sahifasi: keldi/kelmadi va 1–5 baho
To'lovlar

Har bir so'm nazoratda

To'lov turi, kassa va kim qabul qilgani — hammasi yozib boriladi.

  • Oylik hisob o'tilgan darslarga qarab avtomatik
  • Muzlatilgan davr uchun pul hisoblanmaydi
  • Oldindan to'lov uchun chegirma, aka-uka chegirmasi
  • Bekor qilingan to'lovlar ham sababi bilan saqlanadi
To'lovlar sahifasi: naqd, karta, Click va Payme bo'yicha tushum
Lidlar

Birorta murojaat yo'qolmaydi

Instagram, Telegram yoki tavsiya orqali kelgan har bir mijoz — o'quvchi bo'lguncha kuzatuvda.

  • Yangi → bog'lanildi → sinov darsi → o'quvchi
  • "Bugun qo'ng'iroq qilish kerak" ro'yxati
  • Saytingizga qo'yiladigan onlayn ariza formasi
  • Qaysi manba ko'proq o'quvchi olib kelganini hisobot ko'rsatadi
Lidlar sahifasi: bosqichlar bo'yicha murojaatlar
Gamifikatsiya

O'quvchilar o'qishni sevib qoladi

Darsga kelgani, vaqtida to'lagani va imtihondan o'tgani uchun ball oladi.

  • Daraja va nishonlar, reyting jadvali
  • Ballni sovg'aga almashtiradigan mukofot do'koni
  • Ball qoidalarini o'zingiz sozlaysiz
Gamifikatsiya: o'quvchilar reytingi, ball va darajalar
Dars jadvali

Qaysi xona qachon bo'sh — bir qarashda

Barcha filiallar, xonalar va guruhlar haftaning har kuni uchun bitta jadvalda.

  • Xona × vaqt ko'rinishi, har kurs o'z rangida
  • Bo'sh katakni bosing — yangi guruh xona va vaqti bilan ochiladi
  • Bir xona yoki o'qituvchi ikki joyda band bo'lolmaydi
  • Guruh sig'imi va o'quvchilar soni blokning o'zida
Dars jadvali: xonalar va soatlar bo'yicha guruhlar
O'qituvchilar davomati

O'qituvchi keldimi — aniq bilasiz

Dars jadvalidan kim qaysi kuni ishda bo'lishi kerakligi avtomatik chiqadi.

  • Keldi, kelmadi, kechikdi yoki sababli — bir bosishda
  • O'qituvchi o'zi ham "Men keldim" bosadi
  • Kelmagan kun uchun bir tugma bilan jarima — maoshdan avtomatik ayriladi
  • Oylik jadval: kerak edi / keldi / kelmadi
O'qituvchilar davomati: keldi, kelmadi va jarima
O'quvchining shaxsiy kabineti telefonda
Shaxsiy kabinetlar

O'quvchi va o'qituvchi uchun o'z sahifasi

Har kim tizimga o'z login-paroli bilan kiradi va faqat o'ziga tegishli ma'lumotni ko'radi.

O'quvchi

  • Guruhlari va dars jadvali
  • To'lov balansi
  • Davomat, baholar va uyga vazifalar
  • Ball, daraja va nishonlar

O'qituvchi

  • Oylik hisob-kitobi
  • Shu oydagi faoliyati
  • "Men keldim" — ish davomati
  • Faqat o'z guruhlari davomati
Telegram bot

Ota-onalar doim xabardor

Ota-ona botga bir marta telefon raqamini yuboradi — shundan keyin hammasi avtomatik.

  • Farzandi darsga kelmasa — darhol xabar
  • Darsda berilgan uyga vazifa
  • To'lov qabul qilingani haqida tasdiq
  • Qarz haqida eslatma — bir tugma bilan
  • Yangi nishon olganda tabrik
C
Cloudo EDUbot
⚠️ Diyor Mirzayev bugun GE Pre-Inter darsiga kelmadi.14:05
📚 Uyga vazifa: Ex. 5–6, 12-bet15:32
✅ Diyor Mirzayev uchun 450 000 so'm to'lov qabul qilindi.17:10
🏅 Tabriklaymiz! Diyor "7 kun ketma-ket keldi" nishonini oldi.18:02
Qanday boshlanadi

Uch qadamda ishga tushiring

1

Ro'yxatdan o'ting

Markaz nomi, login va parol — bir daqiqa. Arizangiz tez tasdiqlanadi va 7 kunlik bepul muddat beriladi.

2

Markazni sozlang

Filiallar, kurslar, xonalar va guruhlarni qo'shing. Kerak bo'lsa ma'lumotlarni kiritishda yordam beramiz.

3

Boshqaring

Davomat, to'lovlar va hisobotlar — hammasi real vaqtda, istalgan qurilmadan.

Narxlar

Oddiy va tushunarli narx

Yashirin to'lovlarsiz. Barcha modullar bitta tarifda.

Sinov

Tizimni o'z markazingizda sinab ko'ring

0so'm / 7 kun
  • Barcha imkoniyatlar ochiq
  • Kiritilgan ma'lumotlar saqlanib qoladi
  • Karta talab qilinmaydi
Bepul boshlash
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Sinov muddati tugagach nima bo'ladi?

Ma'lumotlaringiz o'chmaydi. Standart tarifga to'lov qilsangiz, hammasi davom etadi — hech narsani qaytadan kiritish shart emas.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Har bir markaz ma'lumoti alohida, boshqa markaz uni ko'ra olmaydi. Ulanish shifrlangan (HTTPS), baza har kuni zaxiralanadi. Xodimlar faqat o'ziga ruxsat berilgan bo'limlarni ko'radi.

Bir nechta filialim bor — bo'ladimi?

Ha. Barcha filiallar bitta hisobda, har birining kassasi, xonalari va guruhlari alohida. Filial menejeri faqat o'z filialini ko'radi, siz esa hammasini.

Telefondan ishlasa bo'ladimi?

Ha, tizim brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet va telefonda. Hech narsa o'rnatish shart emas.

O'quvchilar va o'qituvchilar ham kira oladimi?

Ha. O'quvchiga bir tugma bilan login-parol berasiz — u o'z balansi, davomati va uyga vazifalarini ko'radi. O'qituvchi o'z guruhlariga davomat qo'yadi va oyligini ko'radi.

Eski ma'lumotlarimni ko'chirib berasizmi?

Biz bilan bog'laning — o'quvchilar ro'yxati va guruhlarni kiritishda yordam beramiz.

Aloqa

Biz bilan bog'laning

Savolingiz bormi yoki tizimni jonli ko'rsatib berishimizni xohlaysizmi? Arizani qoldiring — tez orada qo'ng'iroq qilamiz.

Markazingizni bugundan tartibga soling

7 kun bepul. Karta talab qilinmaydi.

Bepul sinab ko'rish