Til markazlari
Ingliz, rus, koreys va boshqa tillar kurslari. Ballik test, bo'limli test va IELTS mock imtihonlari, sertifikatlar.
Cloudo EDU — o'quv markazi uchun CRM dastur: o'quvchilar, guruhlar, davomat, to'lovlar va qarzdorlik — hammasi bir joyda. Ota-onalarga Telegram orqali avtomatik xabar, o'qituvchilarga oylik hisobi, sizga esa aniq raqamlar.
Kichik kursdan ko'p filialli markazgacha — guruh bilan dars o'tadigan har qanday ta'lim muassasasiga mos.
Ingliz, rus, koreys va boshqa tillar kurslari. Ballik test, bo'limli test va IELTS mock imtihonlari, sertifikatlar.
Dasturlash, dizayn va kompyuter savodxonligi. Kurs rejasi, bosqichlar va har bir darsning mavzusi.
Matematika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlar. Test natijalari, baholar va ota-onaga hisobot.
Mental arifmetika, robototexnika, shaxmat, maktabgacha tayyorlov. Gamifikatsiya bolalarni darsga qiziqtiradi.
Nazariya guruhlari bilan birga amaliy haydash jadvali, mashinalar, haydash soatlari va YHXB imtihoni. Batafsil
Bir nechta guruh bo'lsa ham, kim to'lagan, kim qarz va kim darsga kelmagani doim ko'z oldingizda.
Excel jadvallar, daftarlar va o'nlab chatlar o'rniga — bitta qulay tizim.
Faol, muzlatilgan, ketgan va bitirganlar alohida — tarixi bilan.
Kun, vaqt, xona va o'qituvchi. Band bo'lsa — tizim ogohlantiradi.
Bir bosishda yoki QR orqali. Ota-onaga Telegram'da darhol xabar.
Xona × soat kesimida butun hafta. Bo'sh katakdan yangi guruh.
Har darsda 1–5 baho: guruh hisobotida va ota-ona xatida.
Naqd, karta, Click, Payme. Oylik hisob darslarga qarab avtomatik.
Kim qancha qarz — bitta ro'yxatda, qo'ng'iroq va va'dalar bilan.
Murojaat, sinov darsi va manbalar. Saytga tayyor ariza havolasi.
Oylik, foiz yoki dars stavkasi — bonus, jarima va avans bilan.
Kim kelishi kerakligi jadvaldan. Kelmagan kunga bir tugmada jarima.
Ballik, bo'limli test va IELTS mock. Chiroyli sertifikat.
Ball, daraja va nishonlar. Ballni sovg'aga almashtirish do'koni.
Tushum, o'quvchilar, davomat va foyda/zarar — oylar kesimida.
O'quvchi haqida hammasi bir sahifada. Chop eting yoki Excel.
Filial kassalari, xarajatlar, o'tkazmalar va aniq qoldiq.
Ko'p filial bitta hisobda. Har kim faqat o'zinikini ko'radi.
Qaysi soatda, qaysi xonada qaysi guruh va kim dars beradi — hammasi bitta jadvalda. Xona band bo'lsa, tizim ogohlantiradi.
O'qituvchi darsda telefondan belgilaydi, qolganini tizim o'zi qiladi.

To'lov turi, kassa va kim qabul qilgani — hammasi yozib boriladi.

Darsga kelgani, vaqtida to'lagani va imtihondan o'tgani uchun ball oladi.

Barcha filiallar, xonalar va guruhlar haftaning har kuni uchun bitta jadvalda.

Dars jadvalidan kim qaysi kuni ishda bo'lishi kerakligi avtomatik chiqadi.

Har bir o'quvchi va o'qituvchiga QR-kodli bedjik. Kirishda skanerga tutadi, qolganini tizim qiladi.

Har bir til va har bir daraja o'z kurs rejasi, narxi va guruhlari bilan.

Har bir lid qayerdan kelgani, kim qachon qo'ng'iroq qilgani va qaysi reklama o'quvchi olib kelgani — bitta joyda. Birorta mijoz unutilmaydi.
Video: lidlar bilan ishlashFormadan yoki qo'lda — manba va kurs bilan birga.
Qo'ng'iroqda qulay kun va vaqt bir bosishda belgilanadi.
Guruh va sana tanlanadi — lid o'qituvchining davomatida chiqadi.
O'qituvchi "keldi" deb belgilasa — bosqich o'zi o'tadi.
Bir bosishda o'quvchi yaratiladi va guruhga qo'shiladi.
| Manba | Lid | O'quvchi | Konversiya | 1 o'quvchi narxi |
|---|---|---|---|---|
| 48 | 11 | 23% | 182 000 | |
| Telegram | 31 | 8 | 26% | 125 000 |
| Tavsiya | 17 | 9 | 53% | — |
| Google / sayt | 12 | 3 | 25% | 240 000 |
O'z savollaringiz bilan forma tuzing: matn, variant, sana. Havola va QR kodni Instagram, Telegram yoki bannerga qo'ying.
Shu raqamdan ochiq lid bo'lsa, formadan kelgan yangi ariza o'sha lidga qo'shiladi — baza toza qoladi.
Har qo'ng'iroq va izoh vaqti hamda xodimi bilan saqlanadi. Keyingi bog'lanish sanasini belgilaysiz.
Sinovga yozilgan lid guruh davomatida chiqadi. Kelgan-kelmagani lid kartasiga o'zi yoziladi.
Lid ma'lumotlari va manbasi bilan o'quvchi yaratiladi, guruhga qo'shiladi; oy o'rtasida bo'lsa hisob proporsional.
Reklama xarajatini manbaga bog'lang — har manba bo'yicha konversiya, 1 lid va 1 o'quvchi narxi, rad etish sabablari.
Formada kursdan keyin daraja (A1, B1 …) so'raladi. Bilmasa — "Bilmayman", keyin aniqlaysiz.
Bog'langanda bir bosishda: toq yoki juft kunlar, ertalab yoki kechqurun. Lid kartasida doim ko'rinadi.
Ochiq lidlar "Kurs · Daraja · Kun · Vaqt" ustunlarida yig'iladi — qaysi guruhni ochish mumkinligi darhol ko'rinadi.
Sozlamalarda «Avtomaktab» turini tanlang — dastur nazariya guruhlari bilan birga amaliy haydash uchun moslashadi: instruktorlar, mashinalar, haydash soatlari va YHXB imtihoni.
Instruktorlar va soatlar kesimida kunlik jadval. Bo'sh katakni bosing — o'quvchi o'sha vaqtga yoziladi.

Toifaga haydash me'yorini qo'ying (masalan 56 soat) — tizim o'tilgan va qolgan soatni o'zi hisoblaydi.

Raqami, rusumi, toifasi va biriktirilgan instruktor. Texnik ko'rik yoki sug'urta muddati yaqinlashsa — ogohlantirish.
Pasport nusxasi, rasm, tibbiy ma'lumotnoma (083) va shartnoma — kim nimani topshirgani bir ro'yxatda.
Nazariya va amaliyot urinishlari, sanasi va natijasi. Qaysi o'quvchi necha marta topshirgani ko'rinadi.
To'liq kurs narxini kiriting — u oylarga bo'linadi, qarzdorlik va eslatmalar avtomatik ishlaydi.
Soatlik stavka, o'z darslari va ish davomati. Menyu va atamalar avtomaktabga moslashadi.
Nazariya guruhlari, davomat, baholar va ota-onaga Telegram xabar — o'quv markazi imkoniyatlari ham saqlanadi.

Har kim tizimga o'z login-paroli bilan kiradi va faqat o'ziga tegishli ma'lumotni ko'radi.
Ota-ona botga bir marta telefon raqamini yuboradi — shundan keyin hammasi avtomatik.
Markaz nomi, login va parol — bir daqiqa. Kutish yo'q: darhol tizimga kirasiz va 7 kunlik bepul muddat boshlanadi.
Filiallar, kurslar, xonalar va guruhlarni qo'shing. Kerak bo'lsa ma'lumotlarni kiritishda yordam beramiz.
Davomat, to'lovlar va hisobotlar — hammasi real vaqtda, istalgan qurilmadan.
6 ta qisqa dars — boshlashdan sozlamalargacha. Ketma-ket ko'ring yoki kerakli mavzuni tanlang.
Tarif faol o'quvchilar soniga qarab tanlanadi, narx 1 ta filial uchun. Har bir qo'shimcha filial — 30% chegirma bilan. Barcha modullar har bir tarifda. Avval 7 kun bepul sinab ko'ring, karta shart emas.
Rivojlanayotgan markazlar uchun
7 kun bepul boshlashKatta markazlar va franshizalar uchun — narx alohida kelishiladi
Bog'lanishCloudo EDU — o'quv markazlari uchun CRM va boshqaruv dasturi. O'quvchilar bazasi, guruhlar va dars jadvali, davomat, to'lovlar, qarzdorlar, lidlar, o'qituvchilar maoshi, kassa va hisobotlar bitta tizimda ishlaydi, ota-onalarga esa Telegram orqali avtomatik xabar boradi.
Start — 300 tagacha faol o'quvchi, oyiga 250 000 so'm; Standart — 500 tagacha o'quvchi, 350 000 so'm. Narx 1 ta filial uchun, har bir qo'shimcha filial 30% chegirma bilan qo'shiladi (Start'da 175 000, Standart'da 245 000 so'm). 500 dan ortiq o'quvchili markazlar uchun narx kelishuv asosida. Barcha modullar har bir tarifda. Avval 7 kun bepul sinab ko'rasiz, karta talab qilinmaydi.
Ma'lumotlaringiz o'chmaydi. Tarifga to'lov qilsangiz, hammasi davom etadi — hech narsani qaytadan kiritish shart emas.
Har bir markaz ma'lumoti alohida, boshqa markaz uni ko'ra olmaydi. Ulanish shifrlangan (HTTPS), baza har kuni zaxiralanadi. Xodimlar faqat o'ziga ruxsat berilgan bo'limlarni ko'radi.
Ha. Barcha filiallar bitta hisobda, har birining kassasi, xonalari va guruhlari alohida. Filial menejeri faqat o'z filialini ko'radi, siz esa hammasini.
Ha, tizim brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet va telefonda. Hech narsa o'rnatish shart emas.
Ha. O'quvchiga bir tugma bilan login-parol berasiz — u o'z balansi, davomati va uyga vazifalarini ko'radi. O'qituvchi o'z guruhlariga davomat qo'yadi va oyligini ko'radi.
Ha. Sozlamalarda markaz turini «Avtomaktab» qilib tanlaysiz — amaliy haydash jadvali, mashinalar, o'quvchilarning haydash soatlari, hujjatlar va YHXB imtihoni bo'limlari ochiladi, instruktor maoshi haydalgan soat bo'yicha hisoblanadi. Nazariya guruhlari, to'lovlar va qarzdorlar odatdagidek ishlaydi.
Oddiy USB yoki Bluetooth QR skaner (klaviatura rejimida ishlaydigan har qanday model) va kirishdagi kompyuter yoki planshet. Bedjiklarni o'quvchi va o'qituvchi sahifasidan chop etasiz, «Kirish nazorati» sahifasini brauzerda ochib qo'yasiz — skaner qilingan o'quvchiga darsiga «Keldi» qo'yiladi, ota-onasiga xabar boradi.
Ota-ona Telegram botga bir marta telefon raqamini yuboradi. Shundan keyin farzandi darsga kelmasa, uyga vazifa berilsa, to'lov qabul qilinsa yoki qarz bo'lsa — xabar avtomatik boradi.
Biz bilan bog'laning — o'quvchilar ro'yxati va guruhlarni kiritishda yordam beramiz.
Savolingiz bormi yoki tizimni jonli ko'rsatib berishimizni xohlaysizmi? Arizani qoldiring — tez orada qo'ng'iroq qilamiz.